Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universitetida "Madaniyatlararo muloqot: tilshunoslik, adabiyotshunoslik, folklorshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb masalalari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman bo`lib o`tdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi  PQ-5117-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o`rganishni ommalashtirish agentligi, Urganch davlat universiteti hamda Xorazm Ma`mun akademiyasi hamkorligida joriy yilning 9-iyun kuni  "Madaniyatlararo muloqot: tilshunoslik, adabiyotshunoslik, folklorshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb masalalari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o`tkazildi. 
Urganch Davlat Universiteti "Madaniyatlararo muloqot: tilshunoslik, adabiyotshunoslik, folklorshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb masalalari"
Ikki kunlik ushbu anjuman Xorijiy filologiya fakulteti tashkilotchiligida  o`tkazilib,  anjumanning ilk kuni UrDU Madaniyat saroyida bo`lib o`tdi. Unda  universitet professor-o`qituvchilari, Xorijiy tillarni o`rganishni ommalashtirish agentligi vakillari va nufuzli xorijiy universitetlarning professorlari jumladan, Dr.R.Gargesh, M.A.Kaboodvand, J.Stanford, S.Khojayeva, N.Isamuhamedovalar  ishtirok etdilar.  Anjumanga Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, prof.J.Ermetova moderatorlik qildi.
 
Anjumani  UrDU rektori Bahrom Abdullayev ochib berib, anjuman ishiga rivoj tiladi. 
 
Urganch Davlat Universiteti "Madaniyatlararo muloqot: tilshunoslik, adabiyotshunoslik, folklorshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb masalalari"
Shundan so`ng, kun tartibidagi masalalar yuzasidan Xorijiy tillarni o`rganishni ommalashtirish agentligi vakillari S.Obidov hamda A.Husanov, O`zbekiston Jahon tillari universiteti professori M.T.Irisqulov, UrDU Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyozov,  shuningdek, Zoom platformasi orqali  nufuzli  xorijiy universitetlarning  professor-o`qituvchilari so`zga chiqib, oliy ta`lim tizimida xorijiy tillarni samaradorligini oshirish,  ta’lim oluvchilarning chet tilida fikr yuritish, erkin nutqni amalga oshira olish qobiliyatlarini rivojlantirish, intellektual faoliyatini shakllantirish, talabalarga chet tilidan sifatli ta’lim bera olish, ularda xorijiy tildagi og’zaki muloqotda ishtirok etish ko’nikmasini shakllantirish kabi dolzarb masalalar yuzasidan so`zga chiqdilar.
Urganch Davlat Universiteti "Madaniyatlararo muloqot: tilshunoslik, adabiyotshunoslik, folklorshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb masalalari"
 
Urganch Davlat Universiteti "Madaniyatlararo muloqot: tilshunoslik, adabiyotshunoslik, folklorshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb masalalari"
 
Urganch Davlat Universiteti "Madaniyatlararo muloqot: tilshunoslik, adabiyotshunoslik, folklorshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb masalalari"
Anjuman o`z ishini  ertaga 10-iyun kuni Xorazm Ma`mun akademiyasida davom ettiradi.
 
 

Ulashish: