Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



26-iyun – “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni” munosabati bilan Urganch davlat universitetida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida tadbir o‘tkazildi


2021-yilning 16-iyun kuni o`tkazilgan ushbu ma`naviy-ma`rifiy tadbirni UrDU Yoshlar masalalari va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektori  S.Davletov kirish so`zi bilan ochib berdi. 

26-iyun – “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni” munosabati bilan Urganch davlat universitetida  “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘i, podpolkovnik A.S.Matlyubov , vazirlikning boshqarma mas’ul xodimi U.R.Raupov, Viloyat narkologiya bo'lim mudiri D.B.Eshchanov, Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi  xodimi M.U.Sherjanovlar ishtirok etib, giyohvandlikning salbiy oqibatlari, yoshlar orasida giyohvand vositalarini tarqatilishiga qarshi kurashish va uni oldini olish, psixotrop va kuchli ta'sir qiluvchi moddalar,  giyohvandlikning yetkazadigan  son-sanoqsiz zararlari haqida talaba-yoshlarga atroflicha ma`lumot berdilar.

Tadbir davomida giyohvandlikning og'ir oqibatlari haqidagi kinofilm namoyish etildi.
Uchrashuv yakunida  bir guruh Xorazm estrada xonandalari ijrosida konsert dasturi bo`lib o`tdi.

Ulashish: