Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universitetida navbatdan tashqari kengash yig`ilishi o`tkazildi


Xabaringiz bor,  kuni kecha davlatimiz rahbari  raisligida oliy ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o`tkazildi. Unda tizimdagi barcha yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, istiqboldagi vazifalar belgilab berildi. Ushbu yig`ilishda yurtimizdagi barcha oliy ta`lim muassasalari rektorlari ishtirok etib, tegishlari topshiriqlar oldilar. 

URGANCH  DAVLAT  UNIVERSITETIDA  NAVBATDAN  TASHQARI  KENGASH  YIG`ILISHI  O`TKAZILDI

Bugun, 18-iyun kuni Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev boshchiligida universitetning barcha rahbar xodimlari, kengash yig`ilishi a`zolari  ishtirokida prezidentimiz raisligida o`tkazilgan  mazkur  videoselektor yig‘ilishining mazmun-mohiyati, galdagi vazifalar, ta’lim sifatini yaxshilash, ilmiy salohiyatini oshirish, ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish, xorijiy universitetlar bilan hamkorlikni yo`lga qo`yish, kafedralar faoliyati va ilmiy salohiyati yanada ko`tarish kabi masalalar yuzasida yig`ilish o`tkazib, qat`iy topshiriqlar berdi.

URGANCH  DAVLAT  UNIVERSITETIDA  NAVBATDAN  TASHQARI  KENGASH  YIG`ILISHI  O`TKAZILDI

Yig`ilish davomida O`quv ishlari bo`yicha prorektor S.Xodjaniyozov, Yoshlar masalalari va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektor S.Davletov, Xalqaro hamkorlik bo`yicha prorektor G`.O`razboyevlar o`z yo`nalishlari bo`yicha qilinishi zarur bo`lgan vazifalar haqida fikr-mulohazalarini bildirishdi. 

Ulashish: