Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universiteti talabasi Xalqaro matematika musobaqasida ishtirok etib, oltin medalni qo`lga kiritdi


urdu.uz,Urganch davlat universiteti talabasi Xalqaro matematika musobaqasida  ishtirok etib, oltin medalni qo`lga kiritdi

2021-yilning 2-7 avgust kunlari universitet talabalari o‘rtasida Xalqaro matematika musobaqasi (IMC - International Mathematical Competition) bo‘lib o‘tdi. Ushbu olimpiadada 55 dan ortiq davlatlardan 592 nafar talabalar ishtirok etdi. Jumladan, Massachusetts Institute of Technology, Stanford University, Carnegie Mellon University (AQSH), Saint-Petersburg State University, Moscow Institute of Physics and Technology (Rossiya), Rheinische Friedrich-Wilhelms-Universität Bonn, Georg-August-Universität Göttingen (Gemaniya), University of Cambridge, University College London, Imperial College London, University of Manchester, (Buyuk Britaniya) va boshqa nufuzli universitetlardan talabalar ishtirok etishdi.  

Ushbu Xalqaro matematika musobaqasida  Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti 193-matematika (rus) guruhi talabasi Islombek Ismoilov ham ishtirok etib, OLTIN medalga  sazovor bo‘ldi. 

Urganch davlat universiteti rahbariyati  Islombekning ustozlari Fizika-matematika fakulteti dekani Xujamov Jumanazar Urazmetovichga va Atamurotov Alimardon Abdirimovichga, shuningdek, uni xalqaro olimpiadaga tayyorlagan mutaxassislar Behzod Qurbonboyev(Matematika instituti) va Farhod Haydarovlarga(O‘zMU) o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Ulashish: