Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari S.M.Buzrukxonov Urganch davlat universitetida bo`lib, Xorazm viloyatining jismoniy va yuridik shaxslari ishtirokida sayyor qabul o`tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2021-yil  23-iyul kuni “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining  38-sonli bayoniga muvofiq,  Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari, abituriyentlar va ota-onalarining soha bo‘yicha mavjud muammolarini muhokama qilish va yechimini aniqlash maqsadida 2021-yilning 18-avgust kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari  S.M.Buzrukxonov raisligida sayyor qabul o`tkazildi. 

Unda Urganch davlat universiteti prorektorlari, kasb-hunar ta’lim muassasalari direktorlari, TTA Urganch filiali direktor o‘rinbosari, TATU Urganch filiali direktor o‘rinbosari, ta’lim muassasalari boshqarma va bo‘lim boshliqlari hamda Oliy ta’lim muassasalari talabalari, abituriyentlar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Sayyor qabulni Urganch davlat universiteti O`quv ishlari bo`yicha prorektori S.Xodjaniyozov kirish so`zi bilan ochib berdi. 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari S.M.Buzrukxonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan aholini murojaat qilishga eng ko‘p majbur qilayotgan tizimli muammolar va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni mahallaning o‘zida bartaraf etish, barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarning asosiy vazifasi deb belgilanganligi, bu borada vazirlik rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Sayyor qabul davomida fuqarolarning o‘zlarini qiziqtirgan savollariga vazir o‘rinbosari hamda oliy ta’lim muassasalari mas`ullari tomonidan aniq javob va tavsiyalar berildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari S.M.Buzrukxonov Urganch davlat universitetida bo`lib,  Xorazm  viloyatining jismoniy  va yuridik shaxslari  ishtirokida sayyor qabul o`tkazdi

urtdu.uz,Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari S.M.Buzrukxonov Urganch davlat universitetida bo`lib,  Xorazm  viloyatining jismoniy  va yuridik shaxslari  ishtirokida sayyor qabul o`tkazdi

Ulashish: