Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

“Yosh notiqlar” ko‘rik-tanlovining navbatdagi soni ustozlar bayramiga bag‘ishlandi

Universitet talaba-yoshlarini ona tilimiz, xususan, o‘zbek tilida ravon va to‘g‘ri so‘zlash, notiqlik san’atini egallashga bo‘lgan havaslarini, qolaversa,  davlat tilimizga bo‘lgan e’tibor va hurmatni yanada kuchaytirish maqsadida an’anaga muvofiq, Filologiya fakulteti tomonidan  o‘tkazilib kelinayotgan “Yosh notiqlar” ko‘rik-tanlovining 2021-yil 29-sentabr soni 1-oktabr – “Uztoz va murabbiylar” kuniga bag‘ishlandi.

Tadbirni UrDU Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori S.Davletov  ochib berib, barcha tadbir ishtirokchilari hamda professor-o‘qituvchilarini kasb bayramlari bilan samimiy qutladi.

Ko‘rik-tanlov avvalida, hamkor tashkilot Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi Xorazm viloyat bo‘linmasi rahbari Sh.Otajonov so‘zga chiqib, fidoiy va zahmatkash ustozlarni  qizg‘in tabrikladi hamda bir guruh professor-o‘qituvchilarga Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Shundan so‘ng, sahnada bayramona kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rishlari-yu ustozlarni madh etuvchi she’rlar yangrab, barchaga bayram kayfiyati ulashdi.

urdu.uz,“Yosh notiqlar” ko‘rik-tanlovining navbatdagi soni ustozlar bayramiga bag‘ishlandi

1-oktabr – “Uztoz va murabbiylar” kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Yosh notiqlar” ko‘rik-tanlovining ushbu bayram sonida Filologiya fakultetining 5 nafar notiq talabalari o‘zaro bellashdilar.

Tanlov 2 shartda o‘tkazilib, birinchi shartda har bir ishtirokchi o‘zi haqidagi ma’lumotlarni she’riy va nasriy yo‘l orqali bayon etgan bo‘lsa, ikkinchi shartda nutqiy mahoratni yanada oshiruvchi va sinovchi, to‘satdan berilgan mavzuga qay daraja to‘g‘ri, aniq va tez javob bera olishlari sinovdan o‘tkazildi.

Tanlov natijalari hakamlar hay’ati raisi dots.B.Rahimova tomonidan e’lon qilindi:

1-o‘rin: Ibragimov Izzatbek (213- o‘zbek tili guruhi)
2-o‘rin: Madaminova Dilnura (211- o‘zbek tili guruhi)
3-o‘rin: Rahimova Dilrabo (211- o‘zbek  tili guruhi)

G‘oliblar fakultet dekani D.G‘ayipov tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Ulashish