Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universitetning navbatdan tashqari 3-kengash majlisi boʻlib oʻtdi


2021-yil 11-oktabr  kuni Urganch davlat universiteti  Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  Majlis Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti binosida, universitet rektori raisligida, kengash a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.

Kengash  ishi an’anaga muvofiq, qutlovlar va xushxabarlar bilan boshlanib, rektor B.Abdullayev  faxriy yorliq va sovg‘alarni o‘z egalariga topshirdi. Jumladan:

Biologiya kafedrasi professori, qishloq xo‘jalik fanlari doktori Satipov Gʻayipnazar Matvapayevichga Turon Fanlar akademiyasining  Akademik  ilmiy unvoni topshirildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.Toshqulovning taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan, Urganch davlat universitetining ikki nafar professor-o‘qituvchisi: Xodjaniyozov Sardor Umarovich hamda Jumaniyozov Zohid Otaboevichlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining faxriy yorliqlari hamda bir oylik lavozim maoshi miqdorida moddiy rag‘batlantirildi.

1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan ko‘p yillik samarali va halol mehnati hamda o‘z xizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati uchun universitetning fidoyi va zahmatkash professor-o‘qituvchilaridan 7 nafari:

Komiljon Bobojonov 

Zulfiya Ro‘zmetova

Mahmud Rahimov

Bahodir Rahmonov

Saparvoy Navruzov

Maqsuda Xajiyeva

Malohat Atajonovalarga  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining faxriy yorliqlari hamda universitetning qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.urdu.uz, Urganch davlat universitetning  navbatdan tashqari 3-kengash majlisi boʻlib oʻtdi

Urganch davlat universitetning  navbatdan tashqari 3-kengash majlisi boʻlib oʻtdi

Urganch davlat universitetning  navbatdan tashqari 3-kengash majlisi boʻlib oʻtdiUrganch davlat universitetning  navbatdan tashqari 3-kengash majlisi boʻlib oʻtdi

Shundan so‘ng, kengash  kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z ishini davom ettirdi.

Ulashish: