Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

Ukraina fanlar akademiyasi a’zolari Urganch davlat universitetida boʻldilar

Oliy ta’lim tizimida zamonaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan o‘quv jarayonlarini joriy qilish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni tadbiq etish, jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun kadrlar tayyorlash hamda ochiq axborot ta’lim tizimini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida  2021-yil 6-noyabr sanasida Urganch davlat universitetiga Ukraina Fanlar akademiyasi a’zolari, sport sohasida ko‘plab ilmiy ishlarni olib borgan va bu orqali dunyo olimpia harakatiga ulkan hissasini qo‘shgan professorlar Platonov Vladimir Nikolayevich hamda Bulatova Mariya Mixaylovnalar ta’lim dargohiga taklif etilishdi.
Tashrif avvalida, universitet  Madaniyat saroyida  UrDU rahbariyati, Jismoniy madaniyat fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari,  Sport klubi, shuningdek, Xorazm viloyati  Oliy sport mahorat maktabi, Bolalar va o‘smirlar sport maktablari hamda Sport federatsiyalarining murabbiylari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.  
Mazkur  uchrashuvni UrDU Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori Gʻ.Oʻrazboyev ochib berib, mehmonlarga universitet maʼmuriyati nomidan tashrif uchun minnatdorchilik bildirdi.
Shundan soʻng, xorijlik mutaxassislar  o‘z ma’ruzalarini qatnashchilarga taqdim etishdi.  Maʼruzalarning mazmunini  olimpia o‘yinlarining tarixi va merosi, olimpia tizimining shakli va uning muammolari, olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, yuqori malakali sportchilarning ko‘p yillik tayyorgarligida zamonaviy tizimning o‘rni kabi masalalar tashkil etdi.  Bundan tashqari, hozirgi kunda toʻrt yillikning eng yirik sport anjumanida sportchilarning ishtirokini ta’minlash, bu yo‘lda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan qator muhim masalalar bo‘yicha ham fikr va mulohazalar bildirib o‘tildi.
Nazariya va amaliyot birgalikda olib borilsagina, sportda rivojlanish bo‘ladi. Mehmonlar ham bugungi uchrashuvda ana shu jihatga asosiy e’tiborni qaratishdi. Ularning fikricha, mashg‘ulotlar jarayoni doimiy ravishda tahlil qilib borilishi, har bir yuklama nazorat ostida bo‘lishi lozim. Xorijlik mutaxassislarning tashrifi bizga yangi g‘oyalar va yo‘nalishni ko‘rsatib berish hamda ularni o‘rganish maqsadini ilgari suradi. 
Uchrashuv yakunida, Ukraina Fanlar akademiyasi akademiki Platonov Vladimir Nikolayevich hamda pedagogika fanlar doktori, professor, akademik,  Ukraina Olimpia akademiyasi prezidenti Bulatova Mariya Mixaylovnalar   Urganch davlat universiteti Faxriy professori diplomi bilan taqdirlandilar.
Ayni paytda, mehmonlar qadimiy va koʻhna Xiva shahriga yoʻl olishdi. 

urdu.uz, Ukraina fanlar akademiyasi a’zolari Urganch davlat universitetida boʻldilar

Ulashish: