Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Xalqaro bagʻrikenglik kuni” munosabati bilan milliy-madaniy markazlarga press-tur tashkil qilindi


2021- yilning  16-noyabr Urganch davlat universiteti talabalari ishtirokida  “Xalqaro bagʻrikenglik kuni” munosabati bilan  “Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik - tinchlik va barqarorlik garovi ” mavzusida  Doʻstlik va nodavlat notijorat tashkilotlari uyiga Press-tur tashkil qilindi.
Press-tur doirasida UrDU Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Sh.Nurullayeva hamda Pedagogika fakulteti Yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan muovini X.Siddiqovlar  boshchiligida bir guruh talaba-yoshlar Doʻstlik va NNT uyida boʻldilar. 
Talabalar Doʻstlik va NNT uyi hamda Koreys milliy-madaniy markazi rahbari Antonina Kim hamrohligida qozoq, rus hamda koreys milliy-madaniy markazlari  bilan yaqindan tanishdilar.
Jumladan:
- Koreys milliy-madaniy markazi hamda  Xorazm rivojiga katta hissa qoʻshgan kareys qahramonlarining fotosuratlari jamlangan muzey;
-Koreys tili va milliy raqslarini bepul oʻrgatadigan markaz;
-Rus milliy-madaniy markazi, kutubxonasi  va muzeyi;
- Qozoq milliy-madaniy markazining tikuvchilik markazlari hamda qozoq  oʻtovlarida boʻlib, har millatning oʻzi xos milliy qadriyat va anʼanalari bilan yaqindan tanishdilar.
Press-tur davomida  ayniqsa, turli millatlarning milliy liboslarini kiyib qilgan sayohatlari talabalarda katta qiziqish va unutilmas taassurot qoldirdi.

urdu.uz;“XALQARO BAGʻRIKENGLIK KUNI” MUNOSABATI BILAN  MILLIY-MADANIY MARKAZLARGA PRESS-TUR TASHKIL QILINDI

urdu.uz;“XALQARO BAGʻRIKENGLIK KUNI” MUNOSABATI BILAN  MILLIY-MADANIY MARKAZLARGA PRESS-TUR TASHKIL QILINDIurdu.uz;“XALQARO BAGʻRIKENGLIK KUNI” MUNOSABATI BILAN  MILLIY-MADANIY MARKAZLARGA PRESS-TUR TASHKIL QILINDIurdu.uz;“XALQARO BAGʻRIKENGLIK KUNI” MUNOSABATI BILAN  MILLIY-MADANIY MARKAZLARGA PRESS-TUR TASHKIL QILINDIurdu.uz;“XALQARO BAGʻRIKENGLIK KUNI” MUNOSABATI BILAN  MILLIY-MADANIY MARKAZLARGA PRESS-TUR TASHKIL QILINDI

Ulashish