Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



“Maʼrifat maydoni” respublika koʻrik-tanlovining mintaqaviy bosqichi boʻlib oʻtdi


Talaba-yoshlarni ezgu maqsadlarga ilhomlashtirish, adabiyotning taʼsirchan kuchidan foydalanish, ajdodlar merosini oʻrganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan “Maʼrifat maydoni” respublika koʻrik-tanlovining mintaqaviy bosqichi  bugun, 2021-yil 17-noyabr sanasida Urganch davlat universitetida boʻlib oʻtdi.

Koʻrik-tanlovning mintaqaviy bosqichida  hududiy bosqichida saralab olingan  3 ta OTM : Urganch davlat universitetining  “Xorazmiylar” jamoasi, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining “Poeziya” jamoasi hamda Buxoro davlat tibbiyot institutining “Avitsenna” jamoalari oʻzaro badiiy maydonda kuch sinashdilar.

Jamoalar 3 shart davomida poytaxtimizning Milliy bogʻida joylashgan “Adiblar hiyoboni”dan joy olgan  adabiyotimizning yetuk namoyondalarining hayoti va ijodiy faoliyatlari haqidagi  oʻz bilimlarini  turli chiqishlar, sahna koʻrinishlari-yu sheʼrlar orqali yigʻilganlarga koʻrik-tanlov mohiyatini yetkazib bera oladilar.

Talabalardagi  shijoat, adabiyotimizga boʻlgan qiziqish hamda bayramona joʻshqinlik sahnada ijro etilgan har bir koʻrinishda oʻz aksini topdi. 

Oʻzaro sogʻlom raqobat ruhida  boʻlib oʻtgan mazkur koʻrik-tanlovda  1-oʻrin Urganch davlat universitetining  “Xorazmiylar” jamoasiga,  2-oʻrin Buxoro davlat tibbiyot institutining “Avitsenna” jamoasiga ,  3-oʻrin esa Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining “Poeziya” jamoasiga nasib etdi.

urdu.uz;“MAʼRIFAT MAYDONI” RESPUBLIKA KOʻRIK-TANLOVINING MINTAQAVIY BOSQICHI BOʻLIB OʻTDI

urdu.uz;“MAʼRIFAT MAYDONI” RESPUBLIKA KOʻRIK-TANLOVINING MINTAQAVIY BOSQICHI BOʻLIB OʻTDIurdu.uz;“MAʼRIFAT MAYDONI” RESPUBLIKA KOʻRIK-TANLOVINING MINTAQAVIY BOSQICHI BOʻLIB OʻTDIurdu.uz;“MAʼRIFAT MAYDONI” RESPUBLIKA KOʻRIK-TANLOVINING MINTAQAVIY BOSQICHI BOʻLIB OʻTDI

Ulashish: