Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz


2021-yilning 18-noyabr sanasida Urganch davlat universitetida “Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz” mavzusida ilmiy –amaliy va ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda milliy-madaniy markazlar aʼzolari,  universitet professor-oʻqituvchilari va Tarix fakulteti  talaba-yoshlari ishtirok etdilar.

Ilmiy-amaliy seminarni UrDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori  Z.Ibragimov kirish soʻzi bilan ochib berdi. 
Ma’lumki, bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda ko‘p asrlar davomida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan. Mehmondo‘stlik, ezgulik, qalb saxovati va tom ma’nodagi bag‘rikenglik bizning xalqimizga doimo xos bo‘lgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi. Mazkur tadbirda soʻz olganlar aynan mana shu jihatlarga eʼtibor qaratdilar.
Xususan, Xorazm viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari M.Umurzaqov, Koreys milliy- madaniy markazi rahbari Antonina Kim,  UrDU Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, t.f.n. Sh.Nurullayeva, Tarix fakulteti  katta o‘qituvchisi, PhD  D.Atayeva, Tarix fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari H.Saidovlar bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va fuqarolararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni shu asosda, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash O‘zbekistonda davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilanganligi,  millatlararo do‘stlik va  totuvlikni mustahkamlashda Xorazm viloaytida amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada milliy-madaniy markazlarning  roli kabi dolzarb masalalarga alohida toʻxtaldilar.

Tadbir davomida Tarix, Xorijiy filologiya hamda Sanʼatshunoslik fakulteti talabalari tomonidan millatlararo doʻstlikni tarannum etuvchi badiiy chiqishlar namoyish etildi.

urdu.uz;Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz

urdu.uz;Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz

urdu.uz;Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz

Ulashish: