Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Yong‘in xavfsizligini oldini olish maqsadida Urganch davlat unversitetida profilaktik tadbir o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-dekabrdagi «Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish hamda yong‘in havfsizligini ta’minlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 743-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Urganch shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan Favqulodda holatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligini taʼminlash borasida profilaktik tadbirlar oshirilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri 2022-yil 5-yanvar kuni sodir bo‘lishi mumkin yong‘inni o‘chirish, yong‘in xavfsizligini oldini olish maqsadida Urganch davlat unversitetida o‘tkazildi.

Tadbirda Urganch shahar FVB boshlig‘i o‘rinbosari Kapitan I.Bobojanov, Urganch shahar FVB bo‘linma boshlig‘i Kapitan E.Nurimov hamda bo‘linma xodimlari, universitet FM va mehnat muhofazasi xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdilar.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar yong‘inni oldini olish maqsadida gaz, elektr energiyasi manbalaridan noto‘g‘ri foydalanmaslik, yosh bolalarni uyda qarovsiz qoldirilmaslik, xonadonlar o‘rtasidagi mavjud yong‘in xavfsizligi yo‘laklarida fuqarolar tomonidan noqonuniy qurilmalar qurmaslik, pirotexnik vositalarni sotmaslik va ulardan foydalanmaslik haqida gapirdilar.

Shuningdek, universitetga qarashli binolarning moddiy boyliklarini qo‘riqlaydigan soqchilar birlamchi o‘t o‘chirish vositalaridan foydalanishni, binoga begona shaxslarni qo‘ymaslik, tungi paytda uxlab qolmaslik, favqulodda xolatlarda tezkor xabar berish telefon raqamlarini bilishlari lozim ta’kidlab o‘tildi.

urdu.uz, YONG‘IN XAVFSIZLIGINI OLDINI OLISH MAQSADIDA URGANCH DAVLAT UNVERSITETIDA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI

urdu.uz, YONG‘IN XAVFSIZLIGINI OLDINI OLISH MAQSADIDA URGANCH DAVLAT UNVERSITETIDA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI

urdu.uz, YONG‘IN XAVFSIZLIGINI OLDINI OLISH MAQSADIDA URGANCH DAVLAT UNVERSITETIDA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI

Ulashish: