Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Salomatlik uchun 5000 qadam" yurish marafoni boʻlib oʻtdi


Sport – salomatlik garovi. Bu soʻz bejizga aytilmagan. Doimiy harakatlar, sport mashqlari inson organizmini turli kasalliklardan  muhofaza qiladi. 

Jamiyatda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish, aholi keng qatlamlarini, ayniqsa keksalar va yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishga jalb etish, ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyatini targ'ib etish borasida bugun barcha idora-tashkilotlarda ommaviy sport tadbirlari oʻtkazilmoqda. 

Shu jumladan, 2022-yil  20-aprel  kuni Urganch davlat universitetida ham  "Salomatlik uchun 5000 qadam" yurish marafoni hamda ertalabki badantarbiya mashg'ulotlari o‘tkazildi. 

Unda universitetning  1000 nafardan ortiq rahbar-xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlari ishtirok etdilar. Yurish marafoniga universitet maydonida start berildi. Ishtirokchilar belgilangan masofani bosib o'tgach, shu maydonda badantarbiya mashqlarini bajarishdi.

urdu.uz, "Salomatlik uchun 5000 qadam" yurish marafoni boʻlib oʻtdi

urdu.uz, "Salomatlik uchun 5000 qadam" yurish marafoni boʻlib oʻtdi

urdu.uz, "Salomatlik uchun 5000 qadam" yurish marafoni boʻlib oʻtdi

Ulashish: