Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

Urganch davlat universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish Xorazm viloyati hududiy Kengashining targ'ibot yig'ilishi o'tkazildi

O‘zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish Xorazm viloyati Kengashi tomonidan 2022-yil 24-iyun kuni Urganch davlat universitetida korrupsion xavf-xatarlarni oldini olish masalalariga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda universitet rahbariyati, professor-oʻqituvchilari, xodimlar va talaba-yoshlar qatnashdilar.

Targʻibot yigʻilishiga Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi kotibi A.B.Radjabov moderatorlik qildi. 

Yig‘ilishda Xorazm viloyat sudi raisi B.X.Polvanov “Sohada yuz bergan korrupsion holatlar”, Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari I.B.Nazaraov “Adliya organlari tomonidan sohaga oid qabul qilingan normativ-huquqiy xujjatlarning korrupsiyaviy alomatlarni keltirib chiqarishini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar”, Xorazm viloyati prokuroroturasi bo‘lim boshlig‘i N.B. Ro‘ziboyev “Prokuratura organlari tomonidan tizimda aniqlangan korrupsion holatlar”, Viloyat ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i M.A.Achilov “Korrupsiyaviy holatlar yuzasidan ichki ishlar organlariga kelib tushayotgan murojaatlar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Shuningdek, bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaviy jinoyatlarni oldini olish, unga qarshi kurashish va chek qoʻyishga qaratilgan izchil chora-tadbirlar haqida soʻz yuritilib, qonunda pora olish, berish va pora olish-berishda vositachilik qilganlik uchun Jinoyat kodeksi moddalarida jinoiy javobgarliklar belgilangani, mazkur jinoyatni sodir etganlarga nisbatan sodir etilgan qilmishning tavsiflanishiga qarab ma’lum muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkinligi va korrupsiyaga oid boshqa ma’lumotlar haqida tushuntirishlar berib o‘tildi. Ushbu illatning oldini olish uchun xushyorlikni oshirish lozimligi ta’kidlandi.

 Yigʻilish yakunida savol-javoblar va muhokamalar  boʻlib oʻtdi.

urdu.uz,URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH XORAZM VILOYATI HUDUDIY KENGASHINING TARGʻIBOT YIGʻILISHI OʻTKAZILDI

Ulashish: