Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

Koreya Respublikasining Dongshin universiteti delegatsiyasi Urganch davlat universitetiga keldi

Xabaringiz bor , joriy yil aprel oyida Urganch davlat universitetiga Koreya Respublikasining Dongshin universitetidan professor-o‘qituvchilar tashrif buyurib, ikki universitet oʻrtasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish boʻyicha qator imtiyozlar beruvchi shartnoma imzolangan edi. Xususan, Urganch davlat universitetiga kareys tilini oʻqitish bo‘yicha oʻqituvchi yuborish masalasi ham muhokama qilgan edi.

Bugun, 2022-yil 8-iyul sanasida  mazkur loyihani batafsil ishlab chiqish maqsadida Dongshin universitetining Xalqaro ta'lim instituti rahbari Yoxan Cho hamda bosh direktori Joongyub Lee Urganch davlat universitetiga tashrif buyurib, UrDU rektori Baxrom Abdullayev va Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Gʻayrat Oʻrazboyev bilan uchrashdilar.  

Rasmiy doiradagi uchrashuvda Koreyalik professor-o'qituvchilar uchun ishchi vizani berish, o'qitish jadvali, turar joy, ish haqi masalalari muhokama qilindi. UrDU Xorijiy filologiya fakultetida shu yilning sentabr oyidan boshlab bir yil muddatda kareys tili oʻqitilishiga kelishib olindi. 

Shuningdek, kelgusida hamkorlikni yanada kengaytirish, Turizm va Avtomobilsozlik yoʻnalishlarida ham kareys tili oʻqitilishini yoʻlga qoʻyish, talabalar orasida onlayn seminarlar oʻtkazish, professor-oʻqituvchilar almashinuvi, magistratura boʻyicha 1+1 qoʻshma taʼlimini tashkil qilish muhokama qilindi.

urdu.uz, Koreya Respublikasining Dongshin universiteti delegatsiyasi Urganch davlat universitetiga keldi

Ulashish: