Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universiteti bitiruvchilariga diplomlar topshirildi


2021-2022-oʻquv yilida Urganch davlat universitetini 4247 nafar yigit-qiz muvaffaqiyatli tamomlab, katta hayot ostonasiga qadam qoʻymoqda. Shu munosabat bilan bugun, 18-iyul kuni bitiruv kechasiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. 

Tantanali marosimda UrDU rahbariyati, faxriy professor-oʻqituvchilari, xorijiy hamkor oliy taʼlim muassasalaridan tashrif buyurgan mehmonlar, bitiruvchi talaba-yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Tadbirni universitet rektori Baxrom Abdullayev tabrik soʻzi bilan ochib berdi, yakunlanayotgan o‘quv yilini sarhisob qilib,  yoshlarimizning ko‘pgina yo‘nalishlarda o‘zlarining bor qobiliyat va intellektual salohiyatlarini namoyon etib, katta yutuqlarni qo‘lga kiritganliklarini mamnuniyat ila eʼtirof etdi. Yillar davomida egallagan bilimlarini el-yurt ravnaqi yo‘lida sarf qilib, mamlakatimiz rivojiga hissa qo‘shishda hech tolmaslikni, kelgusidagi ishlarida omad yor bo‘lishini tiladi.

Tadbirda  xorijiy mehmonlar hamda faxriy ustozlarning bitiruvchi oʻgʻil-qizlar uchun bildirilgan ezgu tilaklari tinglandi.  Shuningdek, barcha bitiruvchilar nomidan oʻzlarining qalb soʻzlari, minnatdorlik tuygʻularini izhor etgan talabalarning chiqishlari barchada katta taassurot uygʻotdi. 

Shundan soʻng, 2021-2022-o‘quv yilining bitiruvchi  magistrlariga, bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli tugatgan talabalarga  diplomlari musiqa sadolari ostida  tantanali topshirildi.

 

 

 

Ulashish: