Close
Skip to main content


Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan rektor tabrigi


urdu.uz, Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan rektor tabrigi

Bugun O‘zbekiston xalqi o‘tgan ajdodlarimizning azaliy orzusi bo‘lgan Mustaqilligi­mizning 31 yilligi bayramini yuraklarida yuksak g‘urur va ifti­xor bilan keng ni­shon­la­moqda. Ayniqsa, joriy yil ushbu shodiyonaning "Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz!" ezgu g‘oyasi ostida o‘tkazilayotganligi barchamizga cheksiz quvonch bag‘ishlaydi. Shu fur­satdan foydalanib, eng ulug‘ va eng aziz ayyomni katta xursandchilik ham­da zafarlar bilan qarshi olayotgan barcha yurtdoshlarimizni, universitetimiz jamoasini — istiqlolimizning qutlug‘ 31 yillik bayrami bilan chin qal­bim­dan muborakbod etaman.

Betakror Vatanimiz ravnaqi yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilishdan hech qachon tolmaylik, charchamaylik!  Barchamizga, jonajon yurtimizning kamolini, farzandlarimiz va nabiralarimizning baxt-u iqbolini ko‘rish nasib etsin! O‘zbekistonimiz doimo gullab-yashnasin!

Baxrom Abdullayev
Urganch davlat universiteti rektori