Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



UrDUda yangi o‘quv yilining ochilishiga bag‘ishlangan marosim o‘tkazildi


5-sentabrdan Respublikamizning barcha ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi. Urganch davlat universitetida  ham yangi o‘quv yili uchun katta tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. 

Bugun UrDUda O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tadbir va “Talabalik qasamyodi”ni qabul qilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tantanali marosimda universitet rahbariyati, barcha professor-oʻqituvchilar, keng jamoatchilik vakillari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. 

Tadbirni UrDU rektori Baxrom Abdullayev tabrik soʻzi bilan ochib berib, talabalikka tavsiya etilgan yoshlarni samimiy qutladi, oʻtgan oʻquv yilida erishilgan yutuqlar hamda yangi oʻquv yilida oldimizga qoʻyilgan maqsadlar haqida toʻxtalib, universitet jamoasiga kuch-gʼayrat, muvaffaqiyat tiladi. 

Tantanali marosimda mehmonlarining tabrik soʻzlari, kuy-qoʻshiqlar tinglandi. 

Shundan soʻng barcha 1-bosqich talabalari nomidan Urganch davlat universitetiga 2022-2023 - qabul yili test sinovlarida eng yuqori ball to‘plab talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan Filologiya fakulteti talabasi Xayitboyeva Muxlisa “Talabalar qasamyodi” ni o‘qidi.

urdu.uz, UrDUda yangi o‘quv yilining ochilishiga bag‘ishlangan marosim o‘tkazildi

urdu.uz, UrDUda yangi o‘quv yilining ochilishiga bag‘ishlangan marosim o‘tkazildi

urdu.uz, UrDUda yangi o‘quv yilining ochilishiga bag‘ishlangan marosim o‘tkazildi

urdu.uz, UrDUda yangi o‘quv yilining ochilishiga bag‘ishlangan marosim o‘tkazildi

Ulashish