Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Universitetimizda "Qovoq sayli"


Qovoq mavsumiy mahsulot hisoblanib, kuz fasli kelishi bilan do‘kon rastalarida ko‘paya boshlaydi. Avvalo, qovoq – vitaminlar manbayi. Qovoq mahsuloti ozuqaviy qiymatdan tashqari, ko‘plab qimmatli mikroelementlarni o‘z ichiga oladi va butun tanaga ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Bundan tashqari, nafaqat qovoqning go‘shtli joyi va sharbati, balki urug‘lari ham foydali xususiyatga ega.

Bugun universitetimizda Tabiiy fanlar fakulteti tomonidan oʻtkazilgan “Qovoq sayli”da ham uning inson organizmi uchun foydali xususiyatlarini keng targʻib qilishga va qovoqdan juda koʻplab turdagi taomlar tayyorlanishiga alohida eʼtibor qaratildi. 

Saylda universitet talaba-yoshlari qovoqdan tayyorlagan rang-barang taomlari bilan dasturxon bezatib, tegishli nominatsiyalar gʻolibi aylanishdi. 

urdu.uz, Universitetimizda "Qovoq sayli"

urdu.uz, Universitetimizda "Qovoq sayli"

urdu.uz, Universitetimizda "Qovoq sayli"

Ulashish: