Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

“Universiada-2022” sport musobaqalarining stol tennisi boʻyicha respublika final bosqichining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Joriy yil 5-8 noyabr kunlari Xorazm viloyatida yurtimiz oliy taʼlim muassasalarining sportchi talaba-yoshlarini o‘z atrofiga jamlagan "Universiada-2022" musobaqalarining stol tennisi bo‘yicha respublika final bosqichi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi

Musobaqada respublikamizning barcha viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoalari munosib ishtirok etdi.  Urganch olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejining keng va yorug‘ sport zallarida  qizg‘in va murosasiz tus olgan musobaqalarning bugun, 8-noyabr kuni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Taqdirlash marosimida Universiada sport musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha Respublika tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari E.Qodirov, Xorazm viloyati Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i N.Jumaniyozova, Urganch davlat universiteti Birinchi prorektori S.Davletov, Jismoniy madaniyat fakulteti rahbariyati va talabalari ishtirok etdilar. 

Taqdirlash marosimini Xorazm viloyati Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i N.Jumaniyozova ochib berib, barcha g‘olib va sovrindorlarni samimiy qutladi, Universiada sport musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha Respublika tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari E.Qodirov tabrik so‘zini yo‘lladi va musobaqalarni tashkil etishda yetakchi tashkilotlarga minnatdorchilik bildirdi.  

Barcha ishtirokchilar jo‘rligida davlatimiz madhiyasi yangragach,  g‘olib va sovrindorlar e‘lon qilishga navbat berildi. Dastlab musobaqalarning shaxsiy o'yinlar hamda aralash juftlik o‘yinlarining g‘olib sportchi yoshlari taqdirlandi. 

Tadbirning eng hayajonli qismida musobaqalarning jamoaviy o'yinlari g‘oliblari e‘lon qilindi. Unga ko‘ra:

1-o‘rin:  Andijon viloyati;
2-o‘rin: Namangan viloyati;
3-o‘rin: Navoiy va Toshkent viloyati jamoalari.

G‘olib jamoalarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi, O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasining Diplomi hamda tashkiliy qo‘mitaning qimmatbaho sovg‘alari tantanali topshirildi.

urdu.uz, “Universiada-2022” sport musobaqalarining stol tennisi boʻyicha respublika final bosqichining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Ulashish: