Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

UrDU dotsenti “Yilning eng kuchli ma'naviy-ma'rifiy targ'ibotchisi” nominatsiyasi g'olibi bo'ldi

"Yil ayoli" va "Gеndеr tеnglik faoli" milliy tanlovlari viloyat bosqichi g'oliblarini aniqlash maqsadida tuman, shahar bosqichlarida yuqori natijalarga erishgan 70 nafardan ziyod ayollarning kasbiy faoliyatini aks ettiruvchi, erishgan yutuqlari jamlangan hujjatlari viloyat komissiyasi tomonidan ochiqlik va shaffoflik asosida ko‘rib chiqildi.  

   Natijalarga ko'ra, Urganch davlat univеrsitеti dotsеnti Shoira Nurullayеva “Yilning eng kuchli ma'naviy-ma'rifiy targ'ibotchisi” sifatida 1-o'rin g'olib bo'ldi.

Shuningdеk, “Yilning eng vatanparvar ayoli”, “Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli”, “O'z kasbining ustasi bo'lgan yil ayoli”, “Yilning eng kuchli ma'naviy-ma'rifiy targibotchisi”, “Yilning eng jonkuyar ustozi”, “Yilning eng faol sog'lom turmush tarzi targ‘ibotchisi”, “Yilning eng yangi g'oyalar tashabbuskori”, “Yilning eng faol olima ayoli”, “Yilning eng ilg'or tadbirkor ayoli”, “Yilning eng yaxshi IT - dasturchi ayoli” nominatsiyalarida 10 nafar ayollar taqdirlandi.  

G‘oliblar Xorazm viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirandilar.

Ustozimizni navbatdagi yutuq bilan universitet ma‘muriyati nomidan samimiy tabriklaymiz.

urdu.uz,UrDU dotsenti “Yilning eng kuchli ma'naviy-ma'rifiy targ'ibotchisi” nominatsiyasi  g'olibi bo'ldi

Ulashish: