Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

Xorijiy filologiya fakulteti volontyor tarjimonlar jamoasi navbatdagi xalqaro tadbirda qatnashib, o'zlarining tarjimonlik vazifalarini ado etishdi

2022-yil 15 -17 noyabr kunlari UNESCO bosh direktori Odri Аzule O'zbekistonga keldi. Mazkur tashrif doirasida UNESCO rasmiylarining Xiva shahar "Ichan qal'a" tarixiy majmuasiga ham tashrifi  uyushtirildi. Shuningdek, ular viloyatimizdagi maktabgacha ta'lim muassasalarining, o'rta ta'lim va Prezident maktablarining faoliyatlarini borib bevosita o'rgandilar. Ta'lim tizimimizni, undagi yangiliklar, innovatsiyalarni kuzatish davomida Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetining ko'ngilli tarjimonlari nufuzli mehmonlarga biriktirilib, ish olib bordilar va ushbu xalqaro ahamiyatga molik bo'lgan tadbirni yuqori saviyada tashkillashtirishga o'zlarining beminnat hissalarini qo'shdilar. 

Bu tadbir talabalarimiz uchun ularning xorijiy til malakalarini rivojlantirib galdagi amaliyot vazifasini o'tadi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Tadbir jarayonida ko'ngilli tarjimonlar faoliyatini befosita va bilvosita koordinatsiya qilib turishda "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" kafedrasi o'qituvchilari M.Nazarov va M. Atajonovalar faol ishtirok etdilar.

urdu.uz, Xorijiy filologiya fakulteti volontyor tarjimonlar jamoasi navbatdagi xalqaro tadbirda qatnashib, o'zlarining tarjimonlik vazifalarini ado etishdi

Ulashish: