Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



“Ichki ishlar xodimlari va tyutorlar” uchrashuvi


    Joriy yil 19-noyabr kuni Urganch davlat universitetida faoliyat olib borayotgan tyutorlar ishtirokida tashkil etilishi lozim bo‘lgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasiga muvofiq “Ichki ishlar xodimlari va tyutorlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

  Uchrashuvda Urganch shahar 1-son IIB  boshlig‘i, podpolkovnik Sh.Xasanov,  "Ma’rifat" mahallasi  MFY raisi A.Xadjiyev, shuningdek, UrDU Birinchi prorektori S.Davletov hamda universitetning barcha tyutorlari ishtirok etdilar. 

   Tadbir avvalida Birinchi prorektori S.Davletov kirish so‘zi bilan ochib berib, tyutorlar faoliyati yuzasidan ma‘ruza qildi.  Shundan so‘ng, Urganch shahar 1-son IIB  boshlig‘i, podpolkovnik Sh.Xasanov so‘zga chiqib, Urganch shaharida yoshlar orasida uchrayotgan turli jinoyatlar, ularni bartaraf qilish bo‘yicha IIB tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtaldi.  Talaba-yoshlar orasida sodir etilishi mumkin boʻlgan turli jinoyatlarni oldini olish boʻyicha hamkorlikda ishlash borasidagi takliflarini bildirdi. 

   Uchrashuvda tyutorlari savollar bilan mutojaat qilib, soha mutaxassislari tomonidan javoblar olishdi.

urdu.uz, “ICHKI ISHLAR XODIMLARI VA TYUTORLAR” UCHRASHUVI

urdu.uz, “ICHKI ISHLAR XODIMLARI VA TYUTORLAR” UCHRASHUVI

urdu.uz, “ICHKI ISHLAR XODIMLARI VA TYUTORLAR” UCHRASHUVI

urdu.uz, “ICHKI ISHLAR XODIMLARI VA TYUTORLAR” UCHRASHUVI

Ulashish: