Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

UrDU Tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari “Jaloliddin Manguberdi izidan” ilmiy-ma’rifiy ekspeditsiya tarkibida Turkiyada o‘rganish ishlarini olib bordilar

Xorazm viloyati hokimligining tashabbusi bilan joriy yil 8-15 noyabr kunlari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyat bo‘limi, Jaloliddin Manguberdi fondi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Urganch davlat universiteti, Ma’mun universiteti, Jamoat xavfsizligi universiteti hamkorligida “Jaloliddin Manguberdi izidan” ilmiy-ma’rifiy ekspedisiya tashkil etildi. 

Ekspedisiya a’zolari Turkiyaning Istanbul, Diyorbakir viloyatlarida bo‘lib, kutubxonalar, muzeylarda hamda Jaloliddin Manguberdi o‘ldirilgan va dafn etilgan Hazro elchasidagi Ayn-Dor qishlog‘i, Silvan (Mayofariqin) shaharlarida o‘rganish ishlarini olib bordilar. 

Ishchi guruh a’zolarini Diyorbakir viloyati hokimi Vali Ali Ihsan Su hamda Silvan shahri hokimi Xasan Uguz qabul qildi.  Jaloliddin Manguberdi dafn etilgan joyi – Silvan shahrining Burj ul-Malik qismida olib borilgan o‘rganishlar yuzasidan o‘zbek va turk olimlaridan iborat komissiya xulosasi tayyorlandi. 

urdu.uz, UrDU Tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari “Jaloliddin Manguberdi izidan” ilmiy-ma’rifiy ekspeditsiya tarkibida Turkiyada o‘rganish ishlarini olib bordilar

Ulashish: