Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Konstitutsiya – huquq va erkinligimiz kafolati


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yorqin ifodasi sifatida demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, aholining erkin va obod turmushini ta’minlash, mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish hamda barcha sohalarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Yaqin kunlarda Konstitutsiyamizning 30 yilligi nishonlanish arafasida turibmiz.

Shu munosabat bilan bugun, 23-noyabr kuni Urganch davlat universitetida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir o‘tkazildi. 

Unda UrDU Birinchi prorektori S.Davletov, Urganch tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi rahbari J.Atajanov, Urganch tuman Adliya bo'limi yetakchi maslahatchisi S.Yakubov, Urganch tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuristkonsulti J.Abdukarimov, Urganch tuman IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'limi inspektori, mayor D.Sapayeva hamda universitet talaba-yoshlari ishtirok etdilar.

Tadbirda soʻz olganlar yurtimiz taraqqiyotining yangi bosqichida xalqimizning tinch va farovon hayoti uchun ishonchli kafolat bo‘lgan Bosh qomusimizni bugungi davr talablariga mos holda, eng muhimi, fuqarolarimiz xohish-irodasi va fikri hamda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi bo‘lgan «Inson — jamiyat — davlat» tamoyili asosida haqiqiy xalq Konstitutsiyasiga aylantirish maqsadida izchil amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib, Konstitutsiyamizda belgilab berilgan davlat tuzilishi, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlar, shuningdek, xotin-qizlar huquqlari, gender tenglik masalalari haqida atrofchicha soʻz yuritdilar.

Tadbirda savol-javoblar boʻldi, talabalarning fikr-mulohazalari tinglandi.

URDU.UZ, Konstitutsiya – huquq va erkinligimiz kafolati

URDU.UZ, Konstitutsiya – huquq va erkinligimiz kafolati

URDU.UZ, Konstitutsiya – huquq va erkinligimiz kafolati

 

 

Ulashish: