Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Fransiyaning nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilmoqda


Joriy yil 28–30-noyabr kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida Fransiya-Oʻzbekiston universitetlari II forumi boʻlib oʻtmoqda. Ushbu forumda ishtirok etish maqsadida hozirda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulov boshchiligidagi bir guruh oliy taʼlim muassasalari rahbarlaridan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi Parij shahrida boʻlib turibdi. Delegatsiya tarkibida  Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z.Ibragimovlar ham ishtirok etmoqda.

Forum ishida universitetlararo ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirish boʻyicha samarali munozara, tajriba almashish va istiqbolli rejalar muhokama qilinmoqda.  Forumning ilk kunida muzokaralar natijasi oʻlaroq 10 ga yaqin anglashuv memorandumi, bitim hamda yoʻl xaritalari imzolandi.

Shu jumladan, Urganch davlat universiteti uzoq yillik doimiy hamkorimiz hisoblangan Fransiyaning Puate universiteti bilan mavjud hamkorlik doirasini yanada kengashtirish va mustahkamlash maqsadida ikki universitet rektorlari tomonidan shartnoma imzolandi. Mazkur shartnoma Erasmus+ lohiyasi doirasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, qoʻshma taʼlim dasturini joriy etish, qoʻshma diplom berish, talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvi, ilmiy tadqiqotchilarni Puate universitetiga stajirovkalarga yuborish kabi qator istiqbolli kelishuvlarni koʻzda tutadi. 

Shuningdek, forum doirasida Fransiyaning Grenoble universiteti, Injiner institutlar tarmogʻi muassasalari bilan ham hamkorlik qilishga kelishildi.

Forum doirasidagi kelishuvlar davom etadi. 

urdu.uz, Fransiyaning nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilmoqda

urdu.uz, Fransiyaning nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilmoqda

urdu.uz, Fransiyaning nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilmoqda

Ulashish: