Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



12-FLTAL konferensiyasi Urganch davlat universitetida o‘tkazildi


Joriy yil 9-10-dekabr kunlari Urganch davlat universitetida FLTAL uyushmasining navbatdagi 12-Xalqaro onlayn-anjumani o‘tkazildi. Unda 12 ta davlatdan 90 nafarga yaqin vakillar ishtirok etdi.
FLTAL-2022 konferensiyasi “Til o‘qitish metodologiyasi, til o‘rgatish o‘rganish, amaliy hamda kognitiv tilshunoslik” mavzusida nazariya va amaliyot o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish hamda tadqiqot natijalarini amaliyotda qo‘llash bo‘yicha turli nuqtayi nazarlarni o‘rganish uchun tadqiqot jamoalarini jalb qilishga mo‘ljallangan.
Anjumanining ochilish marosimida Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayevning tabrik nutqi tinglandi.
Ta'kidlanish joizki, tashkilotchilar Urganch davlat universiteti (O'zbekiston), Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (O'zbekiston), O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O'zbekiston), Jizzax davlat pedagogika universiteti (O'zbekiston), Wyoming universiteti (AQSH), "1918-yil 1-dekabr" universiteti (Ruminiya), Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti (Xitoy), Qatar universiteti (Qatar), Sherxon Murtazo nomidagi Taraz xalqaro innovatsiya instituti (Qozog'iston), Birkbeck, London universiteti (Buyuk Britaniya), Malta universiteti (Malta), Oklend universiteti (Yangi Zelandiya), Qirol Saud universiteti (Saudiya Arabistoni) universitetlari ishtirokida o‘tkazilgan anjumanning jahon talablari darajasida bo‘lishini ta'minlashga erishildi. 
Shuningdek, konferensiyada  faol qatnashgan talabalar o‘rtasida «Eng yaxshi maqola» nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi.

Ma'lumot oʻrnida, professor Azamat Akbarov asos solgan FLTAL (Foreign Language Teaching and Applied Linguistics) anjumani butun dunyodagi barcha darajalarda til va tilshunoslikni o‘qitishga qiziqqan tadqiqotchilar, amaliyotchilar va o‘qituvchilarni birlashtirishga mo‘ljallangan. Ushbu konferensiya 2011-2016 yillarda Yevropa mamlakatlarida, 2017-2018 yillar Qozog‘istonda, 2019 yil Rossiya hamda 2020 yil Samarqandda, 2021 yil Buxoroda o‘tkazilgan edi.

urdu.uz, 12-FLTAL konferensiyasi Urganch davlat universitetida o‘tkazildi

urdu.uz, 12-FLTAL konferensiyasi Urganch davlat universitetida o‘tkazildi

urdu.uz, 12-FLTAL konferensiyasi Urganch davlat universitetida o‘tkazildi

urdu.uz, 12-FLTAL konferensiyasi Urganch davlat universitetida o‘tkazildi

Ulashish: