Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Rektor Kimyoviy texnologiyalar fakulteti jamoasi bilan uchrashdi


Bugun, 27-dekabr kuni  UrDU rektori B.Abdullayev Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z.Ibragimov  hamda rektor maslahatchisi R.Sharipovlar hamrohligida Kimyoviy texnologiyalar fakultetining professor-oʻqituvchilari va tyutorlari bilan uchrashdi. 

Uchrashuv avvalida rektor fakultet jaomasini kirib kelayotgan yangi 2023-yil bilan samimiy tabrikladi. Fakultetning oʻziga xos yutuqlarini qayd etib, o'tib borayotgan yil davomida faol mehnat qilgan pedagoglarni e'tirof etdi.

 Shuningdek, ortda qolib borayotgan eski yilda amalga oshirilgan ishlar muhokama etilib, yangi yilning galdagi vazifalari belgilab berildi.  Fakultet ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish va tashkil etish, taʼlimni sifatli tashkil etish, chet tili bilish sertifikatiga ega boʻlish borasida tegishli topshiriqlar berildi.

Uchrashuv yakunida  2022-yil davomidagi samarali mehnati, o'quv, o'quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlaridagi fidoyiligi uchun fakultetning bir guruh professor-o'qituvchilariga Faxriy yorliqlar topshirildi.

Maʼlumot oʼrnida: hozirda Kimyoviy texnologiyalar fakultetida 3  ta kafedra va ularda asosiy shtatda jami 53 nafar professor-oʼqituvchilar faoliyat yuritmoqda. Fakultet ilmiy salohiyati  37 %ni tashkil etadi. Soʼnggi ikki yilda 2 nafar fan doktori (DSc) va 7 nafar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun himoyalar qilingan.

urdu.uz, Rektor Kimyoviy texnologiyalar fakulteti jamoasi bilan uchrashdi

urdu.uz, Rektor Kimyoviy texnologiyalar fakulteti jamoasi bilan uchrashdi

urdu.uz, Rektor Kimyoviy texnologiyalar fakulteti jamoasi bilan uchrashdi

urdu.uz, Rektor Kimyoviy texnologiyalar fakulteti jamoasi bilan uchrashdi

Ulashish: