Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

Rektor Baxrom Abdullayev Tabiiy fanlar fakulteti professor-oʻqituvchilari bilan uchrashdi

Uchrashuvda jamoaning ilmiy ishlari tahlil qilindi, xalqaro miqyosdagi ilmiy jurnallarda, xususan, Scopus bazasiga mansub nufuzli jurnallarda maqolalar chop qilishni yanada oshirish, xo'jalik shartnomalarni oshirish, dars jarayonlariga xorijlik oʻqituvchilarni jalb qilish, grant va patentlarni ko'paytirish, doktorantlarga qulay sharoitlar yaratish, laboratoriyalarni talab darajasida jihozlash singari masalalar haqida soʻz bordi. 

Maʼlumot oʻrnida, hozirda Tabiiy fanlar fakultetida 4 ta kafedra va ularda asosiy shtatda jami 100 nafar professor-oʼqituvchilar faoliyat yuritmoqda. Fakultet ilmiy salohiyati  39,2% ni tashkil etadi. Soʼnggi ikki yilda 17 nafar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun himoyalar qilingan.

urdu.uz, Rektor  Baxrom Abdullayev Tabiiy fanlar fakulteti professor-oʻqituvchilari bilan uchrashdi

Ulashish: