Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Britaniya Kengashi mutaxassisi baholash tizimi boʻyicha marohat darsi oʻtdi


Keyingi yillarda Britaniya Kengashi O‘zbekistonda ta’lim tizimini rivojlantirish va ingliz tilini o‘rganishni ommalashtirish, shuningdek, ingliz tili o’qituvchilari orasida xorijiy pedagogik metodlarni qo’llay olish qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni ilgari surish doirasida madaniy va ijodiy sohalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni davom ettirmoqda. 

Xususan, bugun 24-yanvar kuni Britaniya Kengashi ma’ruzachisi Aidan Holland Urganch davlat universiteti ingliz tili oʻqituvchilarga “Britaniya Kengashining ta'lim berish va imtihon qilish asosida ingliz tilini bilish darajasini baholashning zamonaviy usullari” mavzusida master klass o’tkazdi.

Ushbu seminarda Xorijiy filologiya fakulteti o’qituvchilari qatnashishdi va baholash tizimi boʻyicha bilim va ko’nikmalarini yanada oshirib, fikr almashishdi. Seminarda o’qituvchilar guruhlarga bo’linib, baholash tizimi bo’yicha o’z fikrlarini bayon etishdi. Yakunda esa o’qituvchilar Britaniya Kengashi a’zolari tomonidan sovg’alar bilan taqdirlandilar.

urdu.uz, Britaniya Kengashi mutaxassisi baholash tizimi boʻyicha mahorat darsi oʻtdi

urdu.uz, Britaniya Kengashi mutaxassisi baholash tizimi boʻyicha mahorat darsi oʻtdi

urdu.uz, Britaniya Kengashi mutaxassisi baholash tizimi boʻyicha mahorat darsi oʻtdi

Ulashish: