Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Xalqaro hamkorlik


Joriy yil 15-mart kuni Urganch davlat universiteti "Maktabgacha ta'lim metodikasi" kafedrasiga Turkiyaning hamkor Izmir shahridagi Ege universiteti Ta'lim fakulteti “Maktabgacha ta’lim” bo'limi mudiri  Sibel Sönmez tashrif buyurdi. 

Tashrif avvalida universitet rektori Baxrom Abdullayev bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda ikki universitet oʻrtasidagi istiqbolli hamkorlik aloqalari haqida qizgʻin muloqot qilinib, kelgusida mazkur doʻstlik va hamkorlik aloqalarini yana mustahkamlash borasida takliflar bildirildi. 

Shuningdek, mehmon Sibel Sönmez Pedagogika fakulteti dekani A.Xudayberganov bilan uchrashib, tashrifdan ko'zlangan maqsadlar haqida suhbatlashdi. So‘ngra kafedra professor-o‘qituvchilari bilan ta'lim jarayonlari haqida oʻzaro fikr almashdi. 

urdu.uz, Xalqaro hamkorlik

urdu.uz, Xalqaro hamkorlik

urdu.uz, Xalqaro hamkorlik

urdu.uz, Xalqaro hamkorlik

 

Ulashish: