Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Assalom, Navroʻz!


Navro‘z o‘zbek xalqining milliy bayramlaridan biridir.  Har yili Navro‘zni xalqimiz o‘zgacha kayfiyat bilan kutib oladi. Shu munosabat bilan bugun Urganch davlat universitetida ham an'anaviy bayram tadbirlari keng nishonlandi.

Bayram saylida doshqozonda sumalak qaynatildi va dasturxonlar bezatilib, mehmonlarga osh tarqatildi. Shuningdek, kun davomida turli koʻrgazmalar, sport musobaqalari,  xushkayfiyat ulashuvchi xalq o‘yinlari boʻlib oʻtdi.

Yakunda esa tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir avvalida UrDU birinchi prorektori S.Davletov yangilanish va yasharish fasli Navro'z umumxalq bayrami bilan barcha yig'ilganlarni muborakbod etdi. 

Tadbirda kun davomida boʻlib oʻtgan milliy taomlar va qoʻl ishlari koʻrgazmalarida gʻolib boʻlgan fakultetlar eʼlon qilinib, munosib taqdirlandi.

Ushbu ayyomga bag'ishlangan bayram dasturi davomida “Milliy liboslar” koʻrgazmasi, badiiy folklor chiqishlari, raqslari, sahna ko'rinishlari taqdim etildi. Bu esa tomoshabinlarga ko'tarinki bahoriy kayfiyat bag'ishladi.

Katta tantanalar bilan birgalikda urf-odatlarimiz va milliyligimizni o'zida mujassam etgan ushbu tadbir qatnashuvchilarning har biriga o'zgacha kayfiyat ulashdi.

urdu.uz, Assalom, Navroʻz!

urdu.uz, Assalom, Navroʻz!

urdu.uz, Assalom, Navroʻz!

urdu.uz, Assalom, Navroʻz!

 

Ulashish: