Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Urganch davlat universiteti olimlarining ilmiy-innovatsion loyihalari bilan tanishdi

2023-yil 31-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov hamrohligida Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Vazirning universitetdagi ilk manzili Kimyoviy texnologiyalar fakulteti boʻldi. U yerdagi ilmiy-innovatsion sohadagi yutuqlari aks ettirilgan ko‘rgazma bilan tanishdi. Ko‘rgazmada fakultet olimlari tomonidan yaratilgan 24 turdagi ilmiy ishlanma va ixtirolar o‘rin olgan. 

Jumladan, “Sanoat chiqindilari va mahalliy xomashyolar asosida bitum emulsiya ishlab chiqarish texnologiyasi”, “Quyi Amudaryo mintaqasi xomashyolari asosida keramik kislotabardosh hamda klinker gʻisht olishning energiya tejamkor texnologiyasi”, “Dekorativ kigiz gilamchalar ishlab chiqarish”, “Orolboʻyi mintaqasi mineral xomashyolari”, “Mahalliy jun tolalaridan mini ip yigirish”, “Import oʻrnini bosuvchi boʻr ishlab chiqish texnologiyasi” singari loyiha va ixtirolar taqdimotini kuzatar ekan, olimlarning ilmiy-innovatsion ishlanmalari ahamiyati va ishlab chiqarishdagi oʻrni, soha rivojidagi hissasiga alohida eʼtibor qaratdi. Mazkur loyihalar asosidagi mahsulotlarni sotish borasida manfaatli takliflar bildirdi. Jumladan, universitet oʻz hududida oʻzi ishlab chiqarayotgan mahsulotlarini sotishga moʻljallangan doʻkoni ochishi va ularni UrDU brendi ostida sotuvga qoʻyish taklifini ilgari surdi. Qolaversa, ayrim ixtirolarni ishlab chiqarishga tadbiq etish joizligini taʼkidlab, zarur holatlarda vazirlik moliyalashtirishga koʻmaklashishini bildirdi. 

urdu.uz, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Urganch davlat universiteti olimlarining ilmiy-innovatsion loyihalari bilan tanishdi

Ulashish: