Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov Xorazm viloyatidagi OTM talabalari bilan uchrashdi

Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida Xorazm viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlar bilan uchrashdi.

Unda vazir soʻnggi yillarda mamlakatimiz oliy taʼlim tizimidagi tub oʻzgarishlar, taʼlim jarayonini sifat jihatidan yuqori darajaga koʻtarish boʻyicha bajarilayotgan ishlar hamda kelgusi vazifalarga toʻxtaldi.

Uchrashuvda vazir I.Abdurahmonov qator taklif va tavsiyalarni ilgari surdi. Jumladan, taʼlim va tarbiya jarayonida har bir professor-oʻqituvchi dars jarayonlari avvalida, albatta, buyuk ajdodlarimiz Al-Xorazmiy, Jaloliddin Manguberdi siymolari haqida talaba-yoshlarga yangi-yangi maʼlumotlar berib borishi lozimligini taʼkidladi. Har bir taʼlim muassasasi butun bir jamoani birlashtiradigan, jamoada faxr-ftixor tuygʻusini shakllantiradigan “Sharaf kodeksi”ni yaratishi, taʼlim jarayonida professorlardan unumli foydalanish maqsadida “Teaching assistant” va “Researching assistant” lavozimlarini joriy qilishi lozimligini bildirdi.

Muloqotda xorazmlik olimlar, professor-oʻqituvchilar hamda talaba-yoshlar vazir Ibrohim Abdurahmonovga sohada amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish, yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash boradagi fikr va takliflarini bildirdi. Xususan, yoshlar oʻzlarining startap hamda innovatsion loyihalarining mohiyati va amaliyatdagi ahamiyati haqida gapirib berdilar, vazirdan ushbu loyihalarni qoʻllab-quvvatlanishini soʻradilar.

Vazir barcha bildirilgan taklif va tashabbuslarni tinglab, ularning ijobiy hal etilishi hamda qoʻllab-quvvatlanishini alohida taʼkidladi, bu borada masʼullarga tegishli topshiriqlar berdi.

urdu.uz, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov Xorazm viloyatidagi OTM talabalari bilan uchrashdi

Ulashish: