Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Janubiy Koreyaning Soon Shung Hyang universiteti delegatsiyasi aʼzolari bilan Urganch davlat universiteti rahbariyatining uchrashuvi


Bugun Janubiy Koreyaning Soon Shung Hyang universiteti delegatsiyasi aʼzolari, jumladan, Global taʻlim va almashinuv boshqarmasi boshligʻi Dr.Byung Wook Yoo, "Koreyashunoslik va koreys tili" ta’limi loyihasining Samarqanddagi rahbari Mr.Inyoung Yoo, Xalqaro aloqalar boʻyicha mutaxassis Ms. Suejung Lee  bilan Urganch davlat universiteti rahbariyatining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda UrDU Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori S.Xodjaniyozov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor G‘.O‘razboyev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha  prorektor Z.Ibragimov, Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyozov, loyiha rahbari, “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri J.Ermetovalar ishtirok etdi.

Dastlab tomonlar har ikkala universitetning bugungi kundagi faoliyati haqida oʻzaro maʼlumot almashib, yaqindan tanishib oldilar. 

UrDU tomon Koreyaning qator oliy taʻlim muassasalari bilan mavjud aloqalari haqida toʻxtalib, Soon Shung Hyang universiteti bilan ham istiqbolli kelishuvlarga erishish istagini bildirishdi. 

Taʼkidlash joizki, Urganch davlat universitetida Koreys tilining chet tili sifatida o‘qitilishi 2006-yildan boshlangan. Yildan yilga talabalarning Koreys tili va madaniyatiga bo‘lgan qiziqish oshib bormoqda. Shu sababli 2023-2024 oʻquv yilida Filologiya va tillarni o‘qitish (Koreys tili)” ta’lim yo‘nalishini ochildi. Hozirda 25 nafar talaba mazkur yoʻnalishda taʼlim olmoqda.

Uchrashuvda UrDU tomon ana shu yoʼnalishni kengaytirish istagida ekanligini bildirib, Soon Shung Hyang universitetidan Koreys tili va madaniyati boʻyicha dars beradigan oʻqituvchilarni ishlashga taklif qildi. Shuningdek, bakalavr va magistr talabalar almashinuvlarini qilish, professor-oʻqituvchilarni qisqa muddatli stajirovkaga yuborish, birgalikda qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil qilish, ilmiy tadqiqot va oʻquv ishlari boʼyicha ham oʻzaro manfaatli takliflar bildirildi.

Oʻz navbatida Soon Shung Hyang universiteti vakillari ushbu hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yuzasidan bildirilgan takliflarni iliq qarshi oldi va taʼlimning har qanday yoʻnalishlarida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. 
Shundan soʻng, tomonlar bir-birlariga universitetlarning ramziy esdalik sovgʻalarini topshirdilar. 

urdu.uz, Janubiy Koreyaning Soon Shung Hyang universiteti delegatsiyasi aʼzolari bilan Urganch davlat universiteti rahbariyatining uchrashuvi

urdu.uz, Janubiy Koreyaning Soon Shung Hyang universiteti delegatsiyasi aʼzolari bilan Urganch davlat universiteti rahbariyatining uchrashuvi

urdu.uz, Janubiy Koreyaning Soon Shung Hyang universiteti delegatsiyasi aʼzolari bilan Urganch davlat universiteti rahbariyatining uchrashuvi

urdu.uz, Janubiy Koreyaning Soon Shung Hyang universiteti delegatsiyasi aʼzolari bilan Urganch davlat universiteti rahbariyatining uchrashuvi

Ulashish: