Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

Urganch davlat universiteti oʻqituvchilar Moʻgʻuliston ekspeditsiyasida ishtirok etdi

2023-yilning 12-19-oktabr kunlari Xorazm-moʻgʻul munosabatlari tarixini oʻrganish maqsadida tarixchi olimlardan tashkil topgan viloyatimizning ekspeditsion guruhi Moʻgʻulistonga tashrif buyurdi. Ekspeditsiya tarkibida Urganch davlat universitetidan “Tarix” kafedrasi dotsenti M.Jumaniyozova va kafedra oʻqituvchisi M.Xasanov ham ishtirok etdi.

Safar chogʻida Xorazm tarixiga oid kitoblar saqlanayotgan bir necha kutubxonalarda ilmiy izlanishlar olib borildi. 18-19 oktabr kunlari oʻtkazilgan Xorazm- moʻgʻul munosabatlari tarixiga bagʻishlangan I xalqaro konferensiyada maʼruzasi bilan qatnashdilar.

Shuningdek, Mo'g'uliston milliy unversitetida bo'lib, oliygoh prezidenti Badarch Dandev bilan uchrashishdi. Hamkorlik istiqbollari haqida fikr almashishdi. Uchrashuv natijasi oʻlaroq, ikki universitet oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolashga muvaffaq boʻlindi.

urdu.uz, Urganch davlat universiteti oʻqituvchilar Moʻgʻuliston ekspeditsiyasida ishtirok etdi

Ulashish: