Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



OGOHLIK – DAVR TALABI


Bugun, 8-fevral kuni Urganch davlat universitetida yoshlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ib etilayotgan diniy mutaassiblik va ekstremizm g‘oyalaridan muhofaza qilishdagi dolzarb vazifalar yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Diniy ishlar bo‘yicha qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i N.Shomirzayev, UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev, rektor maslahatchisi R.Sharipov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari hamda barcha fakultetlardan talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Uchrashuvni UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev ochib berib, so‘nggi yillarda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan fuqarolarning diniy huquq va erkinliklarini ta’minlash, jamiyatda diniy bag‘rikenglik g‘oyalarini chuqur singdirish, diniy va milliy qadriyatlarimizni tiklash hamda rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani haqida to‘xtaldi.

Tadbirda O‘zbekiston  Respublikasi Diniy ishlar bo‘yicha qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i N.Shomirzayev ma’ruzasida bugungi kunda xalqaro terrorchi va diniy ekstremistik tashkilotlar dunyoning turli mintaqalarida kuzatilayotgan qurolli to‘qnashuv va mojaralarni avj oldirish, bu kabi tahlikali ziddiyatlarda o‘z ishtirokini davom ettirish, ta’sir doirasini kengaytirish maqsadida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan, ya’ni Internet, ijtimoiy tarmoq va boshqa elektron mobil vositalaridan terrorchilik faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida o‘z safini yoshlar bilan to‘ldirishga urinayotganliklarini qayd etib, talaba-yoshlarni ogohlikka chaqirdi. 

Maʼlumot oʻrnida, hozirgi kunga kelib, diniy ekstremistik va terrorchilik xarakteridagi veb-saytlarning soni 10 ming tadan ko‘p. Shuningdek, “Feysbuk”, “Tvitter”, “Instagram”, “VKontakte”, “Odnoklassniki” “Telegram” kabi ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardagi kanallari soni 100 mingdan oshib ketgan.

Tadbir yakunida mavzuga oid hayotiy videolavha namoyish etildi. Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari  va  mulohazalari bilan murojaat qilib, mutaxassislardan tegishli javoblarni oldilar.

Ulashish: