Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



UrDU talabalarining yotoqxona bilan ta’minlanishi haqida


Talabalarni turar joy bilan ta’minlash bugungi kunning muhim masalasi sanaladi. Bu borada Urganch davlat universitetida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda universitetda 3 500 sig‘imga ega 7 ta talabalar turar joyi mavjud. Shundan 3 220 oʻringa talabalar joylashgan, 280 oʻrin esa boʻsh turibdi. Ushbu boʻsh oʻrinlarga talabalarimiz istagan paytida kelib joylashishlari mumkin.

Shuni aytish joizki, hozirda universitetda tahsil olayotgan 4-kurs talabalar amaliyotga chiqqanligi sababli oʻz yashash hududlaridan qatnamoqda. Aksariyat talabalar esa yashash uylari yaqinligi sababli TTJ ga extiyoji yoʻq. Qolaversa, talabalarimiz orasida oʻz avtomashinalarida oʻqishga qatnaydiganlari ham bor. 

Shunday boʻlsa-da, universitetimiz talabalariga yanada qulaylik yaratish maqsadida 2023-yil 14-sentabr sanasidan Urganch davlat universitetining Urganch tumani “Mustaqillik” koʻchasida joylashgan hududida yangi talabalar turar joyining qurilish ishlari olib borilmoqda. Ushbu talabalar turar joyi 7 qavatdan iborat boʻlib, 600 oʻringa moʻljallab qurilmoqda.

©️UrDU Matbuot xizmati

 

Ulashish: