Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Xorazm innovatsion texnoparkida media-tur tashkil etildi


Bugun, 9-aprel kuni Urganch davlat universiteti huzuridagi Xorazm innovatsion texnoparki faoliyati bilan OAV lari vakillari, jurnalist va blogerlarni tanishtirish maqsadida media-tur tashkil etildi.  Unda viloyatimizdagi jurnalist va blogerlar, axborot xizmati rahbarlari ishtirok etdi.


Media-turda ishtirokchilar universitetning Kimyoviy texnologiyalar fakulteti hududida joylashgan Xorazm innovatsion texnoparki faoliyati hamda mazkur fakultet tadqiqotchilarining ilmiy-innovatsion ishlanmalari bilan yaqindan tanishdilar.


Tur ishtirokchilariga UrDU Ilmiy ishlar va innovatsiya boʻyicha prorektori Z.Ibragimov, professor M.Jumaniyozov, Kimyoviy texnologiyalar fakulteti dekani Sh.Kuramboyev, Xorazm innovatsion texnoparki direktori M.Ibadullayevlar hamrohlik qilib, Xorazm innovatsion texnoparkida bugungi kunda olib borilayotgan ishlar va galdagi rejalar haqida, shuningdek, fakultet olimlarining ilmiy-innovatsion ishlanmalarini koʻrsatib, tanishtirib bordilar.


Xorazm innovatsion texnoparki taʼlim – fan – ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlab beruvchi asosiy boʻgʻin sanaladi. Hozirgi kunda texnoparkda diabetik non, olovga chidamli maxsus kiyimlar, qovun murabbosi, qovun chipslari, sut mahsulotlari, choyshablar, suvenirlar singari 10 turdagi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, talabalar bir vaqtning o‘zida amaliyot o‘tash hamda ish bilan ta’minlanish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.


Texnoparkda sut mahsulotlari, non mahsulotlari, unli qandolat mahsulotlari, har xil turdagi pishiriqlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari, bu yerda tikuvchilik ustaxonalari ham tashkil etilgan. Unda talabalar ishtirokida universitet yotoqxonalari uchun choyshablar ishlab chiqariladi.


Texnologiyalarning afzalligi innovatsiyalar orqali insonning salomatligidan kelib chiqib, maxsus nonlar tayyorlanmoqda, qolaversa, sut mahsulotlarini qayta ishlash orqali yogurt, qatiq, qaymoq, sir mahsulotlari tayyorlanib,  “Urganch davlat universiteti” brendi ostida sotuvga chiqarilmoqda. 


Joriy yil qovunni qayta ishlash bo‘yicha loyiha yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu aholi uchun qo‘shimcha daromad yaratish imkoniyatini beradi. Shuningdek, pomidor mahsulotlarini qayta ishlab, tomat ishlab chiqarish bo‘yicha ikkita loyiha ustida ish olib borilmoqda.

 

Ulashish: