Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Ingliz tili o'qituvchilarining malakasi oshirildi


Bugun, 4-iyun kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti professor-o’qituvchilari tashabbusi bilan Xiva shahridagi "Farovon" mehmonxonasida Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari ingliz tili o‘qituvchilari uchun “Engage, Explore, Empower: Professional Development for 21st Century English Teachers” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. 

Tadbirning asosiy maqsadi ingliz tili o‘qituvchilarning interaktiv, shaxsga yo’naltirilgan ta’lim metodlar bilan tanishtirish, ularni darslarda faollik, tanqidiy fikrlash va hamkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodika va strategiyalarni tadbiq qilishdan iborat bo‘lib, unda 40 nafardan ortiq ingliz tili o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Trening davomida o‘qituvchilar an’anaviy – o‘qituvchi markazli yondashuvlardan voz kechib, zamonaviy –  talabani faol ishtirokchi sifatida ko‘radigan metodlarga o‘tish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdilar. Ayniqsa,  “Four Corners”, “Jigsaw Reading”, “1,2,3, Uzbekistan” kabi metodlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. 

Trening mashg‘ulotlarini tajribali trenerlar Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, dotsent Rohatoy Abidova va kafedra dotsenti Feruza Masharipova olib bordilar. Seminar treningda Wiley Roberts, Nargiza Hamraeyva va Dilfuza Kuchkarovalar guruhlar ishini samarali tashkil etishga ko'maklashishdi.

Ulashish