Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida xalqaro standartlarga muvofiq o‘quv dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha seminar o‘tkazildi


Bugun, 26-iyun kuni Urganch davlat universitetida viloyatdagi 5ta davlat oliy taʼlim muassasalarining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorlari, o‘quv-uslubiy boshqarma boshliqlari, fakultet dekanlari hamda kafedra mudirlari uchun o‘quv seminar tashkil etildi. Seminar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi kengaytirilgan yig‘ilishining 2024-yil 26-noyabrdagi 93-son bayoni 9.2-bandida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi. Mazkur bandga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarining yuqori kurslarida o‘qitiladigan fanlarning o‘quv dasturlari xalqaro reytinglarda TOP-300 talikka kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlari asosida ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi ko‘zda tutilgan.

Seminarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas’ul xodimi Alijon Xo‘jayev ishtirokchilarga mazkur bayonning mazmun-mohiyati, unda ko‘zda tutilgan vazifalar hamda xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlari bilan ishlash tartibi haqida batafsil ma’lumot berdi.

Tadbirda 2025/2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni muhokama qilindi. Xalqaro reytinglarda TOP-300 talikka kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining fan dasturlari bilan tanishish va ularni o‘z o‘quv jarayonlariga tatbiq etish yo‘llari ko‘rib chiqildi. O‘quv jarayonini yuqori sifatda tashkil etish, metodik yordam va innovatsion yondashuvlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Yuqori xalqaro reytinglardagi oliy ta’lim muassasalari medotikalarini o‘rganish va ularni respublikadagi ta’lim tizimiga moslashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Seminar yakunida qatnashchilar zamonaviy va xalqaro talablar asosida o‘quv dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha o‘zaro fikr almashishdi.

Ulashish