Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kengashining 11-majlisi bo‘lib o‘tdi


Bugun, 28-iyun kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kengashining 2024-2025 o‘quv yilidagi so‘nggi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  Kengash universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov raisligida va Kengash a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.

Dastlab Kengash raisi tomonidan anʼanaga muvofiq, oliygoh jamoasining yutuqlari eʼtirof etildi. Xususan,  oliygohning DSc (fan doktori) va PhD (falsafa doktori) ilmiy darajalariga, shuningdek, OAK dotsenti va professori ilmiy unvonlariga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilarga diplomlari topshirilib, ustozlarning keyingi ilmiy faoliyatlarida ham davomli muvaffaqiyatlar tilandi. Shuningdek, Kimyo fani bo‘yicha Respublika fan olimpiadasining 3-o‘rin g‘olibi, universitet talabasi Elchinbek Isoyevga Diplomi topshirilib, o‘quv jarayonidagi faolligi e‘tirof etildi. 

Shundan so’ng, Kengash kun tartibidan o’rin olgan masalalar yuzasidan mas’ullarning axborot hamda hisobotlari tinglandi.

Urganch davlat universiteti Kengashining 11-majlisida mas’ullarning kun tartibidan o’rin olgan quyidagi masalalar yuzasidan axborot hamda hisobotlari tinglandi:

Siyosiy axborot;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir   qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-135-sonli qarorining  universitetdagi ijrosi to‘g‘risida;
2024-2025-o‘quv yilida professor-o‘qituvchilar o‘quv yuklamalarining bajarilishi va yangi  o‘quv yili uchun shtatlar taqsimoti to‘g‘risida;
2025-yilning 1-yarmida universitetda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun ijrosi bo‘yicha qilingan ishlar to‘g‘risida;
Joriy o‘quv yilida universitet talabalarining yangi avlod darsliklari, o‘quv qo‘llanmalar va elektron resurslar bilan ta’minlanganligi   to‘g‘risida;
2024-2025-o‘quv yilida universitet Kengashi qarorlarining bajarilishi to‘g‘risida.

Shuningdek, har xil masalalar va saylovlar Kengash kun tartibidan joy oldi.

Ulashish