Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



"Xorazmliklar" yoshlar forumi — bilim, tajriba va ilhom makoni!


Bugun, 26-iyul kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida "Xorazmliklar" yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Urganch davlat universitetini muvaffaqiyatli tamomlab, bugungi kunda Buyuk Britanyaning nufuzli kompaniyasida faoliyat olib borayotgan, Xitoyda magistratura bosqichida tahsil olayotgan hamda "El-yurt umidi" jamg'armasi orqali chet elda doktaranturada ta'lim olayotgan xorazmlik yoshlar bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuvda chet elda ta’lim olish tajribalari, grant va stipendiyalar, yangi muhitga moslashish, Global ta’lim imkoniyatlari haqida samimiy suhbat bo'lib o'tdi. Xorijiy universitetlarga kirish yo‘llari, grant va stipendiyalar haqida foydali maslahatlar hamda ta’limdagi global imkoniyatlar va amaliy maslahatlar uchrashuv ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Bu forum yoshlarimizga dunyoni kengroq ko‘rish, o‘z ustida ishlash va orzular sari dadil qadam qo‘yish uchun katta turtki bo‘ldi. Uchrashuv yakunida talabalarimiz xorijda tahsil olish bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Yoshlarning orzu va maqsadlariga yo‘l ochuvchi bunday uchrashuvlar albatta davom etadi!


 

Ulashish