Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



"Qovun sayli" festivali doirasida Urganch davlat universiteti pavilyoniga komissiya aʼzolari tashrif buyurdi


Xorazm viloyati hokimligi tomonidan tuzilgan “Qovun sayli” festivali komissiyasi aʼzolari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti pavilyoniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida komissiya aʼzolari universitetning ilmiy-amaliy ishlanmalari bilan yaqindan tanishdilar.

Xususan, Kimyoviy texnologiyalar fakulteti tomonidan tayyorlangan qovun va uning qayta ishlangan mahsulotlari namoyishi festival mehmonlarida katta qiziqish uyg‘otdi. Ko‘rgazmada qovundan tayyorlangan sharbat, murabbo, chips, qandolat mahsulotlari kabi innovatsion ishlanmalar namoyish etildi.

Shuningdek, universitet Qovunchilik boʻlimi tomonidan qovun seleksiyasi yo‘nalishida olib borilgan ilmiy izlanishlar va yangi navlar yaratish bo‘yicha erishilgan yutuqlar taqdim etildi. Ular orasida iqlimga mos, hosildorligi yuqori va eksportbop navlar alohida eʼtiborni tortdi.

Komissiya a’zolari universitet jamoasining festivalga tayyorgarlik darajasini yuksak baholab, yosh olim va tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlariga ijobiy fikr bildirishdi.

Ulashish