Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



UrDUda inspektor-psixologlar uchun o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi


Bugun, 18-avgust kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Ichki ishlar organlari voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha (katta) inspektor-psixologlari ishtirokida maxsus psixologik o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.

Mazkur mashg‘ulotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-martdagi PQ-110-son qaroriga muvofiq, ichki ishlar organlari inspektor-psixologlarining psixologik bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni zamonaviy ta’limga yaqinlashtirish maqsadida tashkil etilmoqda.

1-kun davomida tinglovchilarga quyidagi mavzular asosida darslar o‘tilmoqda:

Psixologik yordam va uning turlari (psixoterapiya, konsultatsiya, treninglar haqida);
Yoshlar va oilalarga ko‘rsatiladigan psixologik yordam va inspektor-psixologning roli;
Temperament turlari va ularning xulq-atvorga ta’siri, hamda turli temperamentli shaxslar bilan ishlash usullari;
Temperament turlari va ularning xulq-atvorga ta’siri;
Tashqi muhitning psixikaga ta’siri.

Mashg‘ulotlarni Urganch davlat universiteti hamda boshqa hududiy oliy ta’lim muassasalarining yetuk professor-o‘qituvchilari olib bormoqda.

O‘quv mashg'ulotlari 2025-yil 27-avgustga qadar davom etadi.

Ulashish