Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



"Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki!"


Yurtimizda 22–23-avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda. Ushbu ezgu tashabbus doirasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda. 

Universitet hududida obodonlashtirish va tozalash ishlari keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Daraxtlar oqlanib, yo‘laklar tozalandi, atrof-muhitga befarq bo‘lmagan yoshlardan iborat ko‘ngillilar jamoasi bir tan, bir jon bo‘lib mehnat qilmoqda.

Xususan, Kimyoviy texnologiyalar hamda Texnika fakultetlarida hashar ishlari katta shijoat bilan olib borilmoqda. Ko'ngilli yoshlar va ishchi-xodimlar o'z faoliyatlarini yuritayotgan maskanni yanada chiroyli, obod va fayzli holga keltirishga astoydil bel bog‘lashgan.

Ushbu xayrli ishlar sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ekologik madaniyatni yuksaltirish va bayramga munosib tayyorgarlik ko‘rish yo‘lidagi muhim qadamlardandir.

Ulashish