Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



AQShning Fulbright ETA ingliz tilini o‘qitish dasturi o‘qituvchisi UrDU dars mashg’ulotlarini olib boradi


2025-yil 11-sentabridan 2026-yil 30-iyuniga qadar AQSh Davlat departamentining Ta’lim va madaniyat masalalari byurosi hamda Urganch davlat universiteti hamkorligida Fulbright ETA ingliz tilini o‘qitish dasturi o‘qituvchisi Jack Evans  oliygohda talaba-yoshlarga ingliz tilini yanada chuqurroq o’rgatishi uchun universitetda faoliyat olib borishi rejalashtirilgan. 

Shu munosabat bilan, bugun dastur doirasida Toshkentdagi AQSh elchixonasining  Xalq diplomatiyasi bo'yicha mutaxassisi Utkirbek Tadjimov, "Fulbright ETA - UrSU  ingliz tilini o‘qitish" dasturi assistenti Jack Evans Urganch davlat universitetiga tashrif buyurishdi.

Mehmonlarni universitet ma’muriyati iliq qarshi olishdi. Dastlab dastur ishtirokchilari bilan Xalqaro hamkorlik aloqalari bo'yicha prorektor G’.O'razboyev, Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyozov, Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri R.Abidova va kafedra dotsenti F.Masharipovalarning rasmiy uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Shundan so’ng, Xorijiy filologiya fakultetida  Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchilari bilan uchrashuv o'tkazilib, amalga oshirilayotgan hamkorlikdan tomonlarning manmunligi hamda dasturdan ko'zlangan maqsad va vazifalar yuzasidan suhbat olib borildi.

Ulashish