Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



AQSHlik professor UrDUda dars mashg‘ulotlari olib boradi


Bugun, 2025-yilning 23-sentyabr kuni AQShning Fulbrayt dasturi doirasida Vermont universiteti professori Oyarzabal Omar Adrian O‘zbekistonning ilm-fan markazlaridan biri – Xorazm Ma’mun akademiyasida o‘z ilmiy faoliyatini boshlash maqsadida viloyatimizga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida AQSh elchixonasi Jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi katta mutaxassisi Saidaxon Musakhanova hamrohligida Urganch davlat universitetiga keldi. Universitetda mehmonlar iliq qarshi olindi.

Shundan so‘ng, oliygoh rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov boshchiligida universitet rahbariyati va Xorijiy filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida mehmonlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida xalqaro hamkorlik, ilmiy-tadqiqot ishlari va talaba-yoshlar bilan ishlash borasida yangi istiqbollar muhokama qilindi.

Ta’kidlash joizki, professor Oyarzabalning Xorazmga kelishidagi asosiy maqsad – ilm-fan va ta’lim sohasida chuqur hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdir. U 22-sentabrdan 30-oktabrgacha bo‘lgan muddat davomida Xorazm Ma’mun akademiyasi laboratoriyasida mahalliy olimlar bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Shu bilan birga, Urganch davlat universitetining Biologiya, Biotexnologiya va Oziq-ovqat xavfsizligi yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga ma’ruzalar o‘qib, ularni zamonaviy ilmiy yondashuvlar bilan tanishtiradi.

Ahamiyatlisi, Ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishidagi iqtidorli talabalarga professor Oyarzabal ilmiy maqolalar tayyorlash, ularni Scopus va Web of Science kabi xalqaro ilmiy bazalarda chop etish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadi. Eng iqtidorli talaba va magistrlar esa Xorazm Ma’mun akademiyasining zamonaviy laboratoriyalarida amaliy tadqiqotlar olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

 

 

 

 

 

 

 

 

©️UrDU Matbuot xizmati

Ulashish