Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Ayollar tadbirkorligi tahlili laboratoriyasi – yangi tashabbus, yangi imkoniyatlar


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash borasida muhim tashabbuslardan biri  – “Ayollar tadbirkorligi tahlili laboratoriyasi” test rejimida ish boshladi. Ushbu yangi platforma ayollar tadbirkorligi faoliyatini chuqur o‘rganish, mavjud muammolarni tahlil qilish, xalqaro moliyaviy resurslarni jalb etish orqali amaliy yechimlar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Umida Abdullayeva universitetga tashrif buyurib, mazkur laboratoriya faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Universitet birinchi prorektori D.Ibadullayev, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Atajonova, fakultet dekan maslahatlari, tadqiqotchilar va mustaqil ekspertlar bilan birgalikda davra suhbati tashkil etildi.

Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti dekan maslahatchisi G.Ruzmetova laboratoriyaning vazifalari yuzasidan batafsil ma’lumot berar ekan, uchta asosiy yo‘nalishga alohida urg‘u qaratildi:
xalqaro grant liniyalarini aniqlash va jalb etish,
gender tengligi indeksini yaratish – Xorazm modeli,
moliyaviy resurslarni ayol tadbirkorlar faoliyatiga yo‘naltirish.

Muhokamalar davomida ayollarni iqtisodiy va ilmiy jarayonlarga yanada faol jalb etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda hududda innovatsion loyihalarni kengaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi. U.Abdullayeva laboratoriyaning konsepsiyasini ishlab chiqish va samaradorlikni ta’minlash uchun muntazam monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidlab, tegishli topshiriqlar berdi.

Shuningdek, U.Abdullayeva tashrif doirasida Kimyoviy texnologiyalar fakultetida ham bo‘lib, ayol olimalarning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishdi.  Ushbu tashabbus ayollarning jamiyatdagi faolligini kuchaytirish, ularni iqtisodiy va ilmiy jarayonlarga keng jalb qilishda yangi bosqich bo‘lib xizmat qiladi.

Ulashish