Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



SIRCON 2025: Bir makon – bir yo‘l: Barqaror yashil iqtisodiyot, mintaqaviy rivojlanish, ta’lim va madaniy meros


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Bir makon – bir yo‘l: Barqaror yashil iqtisodiyot, mintaqaviy rivojlanish, ta’lim va madaniy meros” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Konferensiyaning ochilish marosimiga UrDU Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti dekani Ilyos Abdullayev moderatorlik qilmoqda, universitet birinchi prorektori Dilshod Ibadullayev tomonidan kirishi so'z bilan ochib berildi. 

Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining fan, ta’lim va sog‘liqni  saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Baxrom Abdullayev so‘zga chiqib, SIRCON konferensiyalarining so‘nggi yillarda ijtimoiy fanlar, psixologiya, ta’lim va ijtimoiy rivojlanish sohalarida fanlararo hamkorlikni rivojlantiruvchi muhim akademik platformaga aylanganini ta’kidladi. Shuningdek, ushbu anjuman dunyo olimlarining ilmiy fikrlari, amaliy takliflari va ilhomli g‘oyalari orqali Buyuk Ipak yo‘lining yangi ma’naviy uyg‘onishiga katta hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.

Buyuk ipak yo‘liga bag‘ishlangan xalqaro kongressning ochilish marosimida Kongressni tashkil etish qo‘mitasi prezidenti, Nejmettin Erbakan universiteti professori Dr. Birol Mercan, Alfraganus universiteti rektori, professor Azizbek Ismoilov, Aksaray universiteti rektori, professor Alpay Arıbaş tabrik so‘zlarida chiqish qildilar.

SIRCON 2025 – bu global miqyosdagi tadqiqot, ilmiy almashinuv va mintaqaviy hamkorlik platformasi bo‘lib, Ipak yo‘li bo‘yicha turli mamlakatlardan kelgan olimlar va mutaxassislarni birlashtiradi. Ushbu konferensiya iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va tarixiy sohalardagi muammolarni muhokama qilish, siyosat va strategiyalarni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Bunday keng ko‘lamli ishtirok ilmiy fikr almashinuvi, mintaqaviy va xalqaro hamkorlik, shuningdek, Ipak yo‘li merosini zamonaviy taraqqiyot bilan uyg‘unlashtirish borasida yangi g‘oya va tashabbuslarning yuzaga chiqishiga zamin yaratmoqda.

Ulashish